«Chelsi» Matsenni sotishni istamoqda

Londonning «Chelsi» klubi hali ham o‘zining chap qanot himoyachisi Yan Matsen bilan xayrlashmoqchi, u mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning «Borussiya»sida ijarada o‘tkazmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, futbolchi barqaror o‘yin vaqtiga ega bo‘lishni istaydi va «Chelsi» moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun sotishdan pul ishlab olishni maqsad qilgan. Matsenning shartnomasidagi tovon puli 40 million yevroni tashkil qiladi.

Yaqinda Yan Chempionlar ligasining chorak finalida «Atletiko Madrid» darvozasiga gol urdi va «Borussiya Dortmund»ga 2013 yildan beri birinchi marta yarim finalga chiqishga yordam berdi. Matsen Bundesliganing ushbu mavsumida bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter