«Chelsi» Matsen yangi shartnoma imzolashini istamoqda

Londonning «Chelsi» klubi chap qanot himoyachisi Yan Matsenga ultimatum qo‘ydi. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, agar futbolchi tez orada shartnomasini uzaytirmasa, klub qishki transfer oynasida uni sotishga tayyor.

Matsen nafaqat himoyaning chap qanotida, balki hujumda ham, maydon markazida ham o‘ynay oladi. Yozgi transfer oynasida niderlandiyalik futbolchiga xorij klublari qiziqish bildirishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter