«Fulxem» «Chelsi»ning markaziy himoyachisini nishonga oldi

Londonning “Fulxem” klubi qo‘shnilari “Chelsi”ni markaziy himoyachi bilan kuchaymoqchi. Teamtalk xabariga ko‘ra, londonliklar Trevo Chalobaga ko‘z tikishgan.

Qayd etilishicha, “Fulxem” angliyalik futbolchini mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan markaziy himoyachisi Tosin Adarabio o‘rniga taklif qilmoqchi. Avvalroq futbolchi yozda erkin agent sifatida «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

So‘nggi haftalarda Trevo «Chelsi»ning asosiy tarkibidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Angliyalik futbolchi jarohati sabab mavsumning birinchi yarmini o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter