Bernardu: «Kevinsiz ham kuchliroq ekanligimizni inkor etmaymiz»

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva Kevin De Bryuynening safga qaytishi haqida gapirdi.

Belgiyalik futbolchi Chempionlar ligasi chorak finalida «Real»ga qarshi birinchi o‘yinni (3:3) o‘tkazib yubordi.

Xabar qilinishicha, De Bryuyne zaharlanish tufayli o‘yindan biroz oldin o‘zini yomon his qilgan. “Kevin jamoada bo‘lsa, hammasi o‘zgaradi, chunki u bizning avlodimizning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Biz Kevinsiz ham kuchliroq ekanligimizni inkor etmaymiz. Uning qaytishi katta plyus. Kevinning kuni yaxshi bo‘lsa, uni to‘xtatish juda qiyin», – dedi Silva matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter