Bernardu o‘tgan yozda «PSJ»ga o‘tishga tayyor edi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva o‘tgan yozda «PSJ»ga o‘tishga tayyor edi.

Telefoot nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» rahbariyati yakunda bu kelishuvga to‘sqinlik qilgan. Qayd etilishicha, «PSJ» keyingi transfer oynasida Silva uchun kurashadi. Bu safar portugaliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 60 million yevro bo‘ladi. «Manchester Siti» parijliklarning transferni yakunlashiga to‘sqinlik qila olmasa kerak.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu avvalroq Fransiyada «Monako» safida o‘ynagan va bu jamoa bilan Liga 1 g‘olibi bo‘lgan. APLning ushbu mavsumida yarim himoyachi oltita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter