Tchuameni: «Mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qildim»
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni “Malyorka” darvozasiga urgan goli haqida fikr bildirdi.
Fransiyalik futbolchining uzoqdan yo‘llagan aniq zarbasi La Liganing 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvda (1:0) “qaymoqranglilar”ga g‘alaba keltirdi.
“Men gol urishim mumkinligini bilaman. Mashg‘ulotlarda bu borada qattiq mehnat qildim va bugun gol urishga muvaffaq bo‘ldim.
Men juda xursandman, xuddi shu ruhda davom etishim kerak», – deya 24 yoshli yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Zone.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/