Tchuameni: «Gavi aybdor emas»

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni “El-klasiko”dan so‘ng klub shifoxonasiga yotqizildi. Matbuot «Barselona» futbolchisi Gavi Tchuamenining oyog‘iga zarba bergan paytni muhokama qila boshladi. «Los-Blankos» yarim himoyachisi bu borada bir necha so‘z aytdi.

«Bu Gavining aybi emas. Birinchi bo‘lim oxirida jarohat oldim”, — deb yozdi Tchuameni ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Madridning “Real” klubi mehmonda “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Madridliklar tarkibida Jud Bellingem dubl qayd etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter