Xavi Arauxoni olib qolish tarafdori

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi haqida gapirdi.

– «Barselona» Arauxoni saqlab qolishi kerak, bunga 100% aminman. U «Barca» uchun muhim futbolchi. U biz uchun juda muhim va u boshqa jamoaga o‘tadi deb o‘ylamayman», – deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 25 yoshli urugvaylik barcha turnirlarda 32 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter