Jurnalist: «Arauxo Grizmann va Moratani «cho‘ntagiga solib qo‘ydi»
«Mundo Deportivo» jurnalisti Ferran Martines «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoning «Atletiko Madrid» bilan o‘yindagi o‘yiniga baho berdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Xavi Ernandes shogirdlarining 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlangandi. 3 ochko “Barselona”ning turnir jadvalida uchinchi o‘ringa qaytishiga yordam berdi.
“Biz yana Arauxoning ajoyib ijrosini ko‘rdik. Himoya markazida o‘zining asl pozisiyasida o‘ynadi. Ronald joriy mavsum Ispaniya chempionatida eng ko‘p gol urgan Antuan Grizmann va Alvaro Moratani «cho‘ntagiga solib qo‘ydi». Ular birorta ham imkoniyat yarata olishmadi. Arauxo navbatdagi himoyaviy mahorat darsini ko‘rsatdi”, deb yozadi Martines.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/