«Barselona» Arauxoning maoshini oshirishga tayyor

«Barselona» klubi rahbariyati himoyachi Ronald Arauxoni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Urugvaylik futbolchiga ayni paytda «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.

Jamoa sport direktori Deku futbolchining agentlari bilan uchrashib, klub Ronald bilan shartnomani uzaytirish niyati borligini, Arauxo kelajakda «Barsa» sardori etib tayinlanishini ma’lum qildi.

24 yoshli futbolchining o‘zi ham «Kamp Nou»da qolishga qarshi emas. Arauxoning «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yilga qadar tuzilgan bo‘lib, klub uni 2029 yoki 2030 yilga qadar uzaytirmoqchi. Shu bilan birgalikda jamoa uning maoshini oshirmoqchi. Ayni paytda Arauxoning yillik maoshi 10 million yevroga teng. Bundan soliqlar chiqarib tashlangandan keyin summa ancha kamayadi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter