«Tottenxem»ga yangi investorlar kerak

«Tottenxem» prezidenti Deniel Levining aytishicha, klub investorlarni izlashga majbur, chunki ingliz jamoasi avvalroq o‘tgan moliyaviy yilda yo‘qotishlarni qayd etgan.

“Uzoq muddatli salohiyatimizdan foydalanish, jamoaga sarmoya kiritishda davom etish va kelajakdagi loyihalarni amalga oshirish uchun klub kapitalini sezilarli darajada oshirish talab etiladi. Potensial investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Maqsadimiz aniq: oldinga intilish va klubni barqaror boshqarish. Bu bizning xarajatlarimizni qat’iy nazorat qilishni, tijorat va homiylik daromadlarini oshirishni va Yevropa turnirlarida davom etishni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi bizning sovrinlarni yutishimiz uchun kalitdir.

2019-yil aprel oyida stadion ochilganidan beri biz erkaklar va ayollar jamoalarimizning asosiy tarkibiga 700 million yevrodan ortiq sarmoya kiritdik”, — deya Levining so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter