«Barselona» yanvar oyida yangi yarim himoyachi qidiradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi yanvar oyidagi transfer oynasida tarkibni yangi himoyachi bilan kuchaytirishga harakat qiladi. Jurnalist Jordi Kardero bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» zudlik bilan yangi yarim himoyachi izlashga kirishgan.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transferni amalga oshirish uchun «Barselona» jamoaga qo‘shilish istagini bildiradigan futbolchi topishi kerak.

«Barselona» ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter