Portugaliyalik mutaxassis Braziliya klubini boshqarishi mumkin

Portugaliyaning «Braga» klubi bosh murabbiyi Artur Jorje Braziliyaning «Botafogo» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Globo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Braziliya klubining amerikalik xo‘jayini Jon Tekstor murabbiyning amaldagi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun «Braga»ga moliyaviy tovon to‘lashga rozi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv allaqachon imzolangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter