«Braga» ustozi: «O‘ylamanki, 60-daqiqa o‘yin taqdirini hal qildi»
Portugaliyaning «Braga» klubi bosh murabbiyi Artur Jorje UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida gapirdi.
«O‘ylaymanki, bu o‘yinda 60-daqiqa hal qiluvchi bo‘ldi. Lekin bu «Real»ning g‘alabasiga shubha tug‘dirmaydi, buni inkor etib bo‘lmaydi. Biz qo‘limizdan kelganicha kurashdik. Hammasi shunday yakunlangani achinarli, ammo biz oldinga o‘tishimiz kerak», – dedi Jorje UYEFA matbuot xizmatiga.
Madridliklar 12 ochko jamg‘arib, muddatidan avval Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olishdi. “Braga” esa uch ochko bilan «C» guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/