Premyer-liganing uch klubi «Yuventus» futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
Mavsumni “Frozinone”da o‘tkazayotgan “Yuventus” hujumchisi Matias Sule Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
20 yoshli futbolchi «Frozinone»da ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, biroq uning «Yuventus»dagi kelajagi shubha ostida qolmoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchini Angliyaning «Kristal Pelas», «Nyukasl» va «Brentford» klublari kuzatib bormoqda. Turinliklar kelasi yozda umidli futbolchi bilan moliyaviy qiyinchiliklar va unga asosiy tarkibdan joy olishga kafolat berishni istamagani uchun xayrlashishi mumkin.
Matias Sule joriy A Seriyada 27 uchrashuvda o‘nta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/