“YUventus” himoyachisiga APLning yana bir klubi qiziqish bildirdi

Italiyaning Tutto Mercato Web nashri xabariga ko‘ra, Gleyson Bremerga «Nyukasl Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli himoyachi yozgi transfer oynasida «Yuventus»ni tark etishi mumkin. Ayni paytda, talab yuqori bo‘lgan markaziy himoyachi shuningdek, «Manchester Yunayted»ning maqsadi hisoblanadi.

27 yoshli futbolchi shu paytgacha “Yuventus” safida 72 bor maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ayni paytda Bremerning yutuqlari e’tibordan chetda qolmadi va bir nechta nufuzli klublar e’tiborini tortdi.

Uning keyingi manzili Premyer-liga bo‘lishi mumkin, unga hozircha jiddiy da’vogarlar orasida yuqoridagi klublar mavjud. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter