«Yuventus» yetakchisi uchun kurashga APLning yana bir klubi qo‘shildi

«Yuventus» yarim himoyachisi Adriyen Rabyoning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Fransiyalik futbolchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, ya’ni yozda Rabio erkin agent maqomiga ega bo‘lishi va boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin.

Tuttojuve xabariga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi Rabyoni qo‘lga kiritish uchun kurashga qo‘shilgan. Avvalroq, mish-mishlar 28 yoshli yarim himoyachini «Nyukasl» bilan faol bog‘lagan edi.

2023/2024 yilgi mavsumda Adriyen Rabyo chempionat va Italiya kubogida 24 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda fransuz to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter