«Roma»ga Mourinyoni ishdan bo‘shatish qiyin bo‘ldi

«Roma»ning sobiq sport direktori Tyago Pintu Joze Mourinyoni iste’foga chiqarish qanchalik qiyin bo‘lganligi haqida gapirdi.

Yanvar oyi oxirida murabbiy ishdan bo‘shatildi va fevral oyi boshida Pintuning o‘zi klubni tark etdi.

«Bu juda og‘ir kun edi. Tajribaliroq funksionerlar bunga qanday munosabatda bo‘lishini bilmayman, lekin men hali yoshman va Mourinyoni ishdan bo‘shatish qiyinligini bildim.

Agar murabbiy iste’foga chiqsa, demak siz noto‘g‘ri ish qilgansiz. Biz ikki yarim yil birga ishladik, shuning uchun vaziyat men uchun hissiyotlarga to‘la bo‘ldi» – dedi Pintu.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter