Alkantara ham Saudiyaga ketib qolishi mumkin

«Liverpul» yarim himoyachisi Tyago Alkantara Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda Saudiya klubiga o‘tishdan bosh tortgan. Biroq, insayder Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari hali ham Alkantarani yaqin kelajakda o‘z saflariga jalb qilishni istamoqda. 32 yoshli futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Mersisaydliklar rahbariyati avval xabar qilinganidek, Tyago bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik futbolchi hozircha o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi, chunki u navbatdagi jarohatidan keyin formasini tiklamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter