Jiru Olimpiadada ishtirok etish haqida gapirdi

“Milan” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorligini aytdi. Fransiya olimpiya terma jamoasi murabbiyi Tyerri Anri turnirda 23 yoshdan oshgan uchta futbolchini olib kelishi mumkin. Ulardan biri Jiru bo‘lishi mumkin.

«Olimpiya o‘yinlari? Men Anrining o‘rnini egallashni istamayman, lekin o‘ylaymanki, Antuan Grizmann va Kilian Mbappe bilan o‘ynash yaxshi bo‘lardi. Bu mumkinmi? Bu boshqa savol”, dedi Fransiya terma jamoasi safida 129 ta o‘yinda 56 ta gol urgan 37 yoshli forvard.

Futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari joriy yilning iyul oyidan avgustigacha Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter