Mbappe 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Men hayotimda va kareramda shunday darajaga yetdimki, endi majburlashni xohlamayman. Agar menga ruxsat berilsa, men juda mamnun bo‘lardim, lekin buning iloji bo‘lmasa, men tushunaman.

Har qanday sportchi uchun Olimpiada o‘yinlari alohida o‘rin tutadi va men Tokioga borishni xohlardim, chunki men hamma narsada g‘alaba qozonishni va Fransiya terma jamoasi tarixiga o‘z nomimni muhim o‘yinchi nomi sifatida yozishni xohlayman», — dedi Mbappe.

Fransiya terma jamoasi bilan 25 yoshli Kilian Mbappe 2018 yilgi jahon chempioni, shuningdek, 2020/2021 yilgi mavsumda UEFA Millatlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.U 2022 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter