Jiru: «Fransiya Yevro-2024da g‘olib chiqsa, ketaman»
Fransiya terma jamoasi hujumchisi, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Olivye Jiru Yevro-2024 uning terma jamoadagi so‘nggi turniri bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
«Men qisqa muddatli rejalardan boshqa hech qanday reja tuzmayman. Eng muhimi, chiniqqan va raqobatbardosh bo‘lish, bo‘lajak Yevropa chempionati – asosiy maqsad.
Biz 2016 yilda deyarli yevro yutgandik va bu men Fransiya bilan yutishni istagan kubok. Bu mening so‘nggi turnirim bo‘lishi mumkin, ammo bundan keyin nima bo‘lishini sizga ayta olmayman» – dedi Jiru TéléFoot nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/