Endrikning agenti: «U «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi»

Endrikning agenti uning mijozi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonadi.

2022 yilning dekabrida Madrid klubi Endrikning «Palmeyras»dan 35+25 million yevroga transferini e’lon qildi. U klubga 2024 yilning yozida kelib qo‘shiladi.

«Menimcha, biz Endrikni birinchi marta U-13 turnirida ko‘rganimizda, u «Palmeyras»da o‘ynagan. O‘shanda ham, hatto videodan ham bu avlodda bir marta tug‘iladigan iste’dod ekanligi aniq edi.

U to‘rtta yoki undan ko‘proq jahon chempionatida o‘ynashi mumkin. U «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin. U shunday iste’dod egasi. Bunday futbolchilar ko‘p emas», – deydi Frederiko Penya.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter