Endrikka nisbatan irqiy haqorat ishlatishdi

Braziliya olimpiya terma jamoasida to‘p tepadigan “Real Madrid”ning bo‘lajak futbolchisi Endrikning Olimpiya o‘yinlari saralash bahsida venesuyelalik muxlislar tomonidan irqiy haqoratga uchradi. Braziliyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

“CBF Endrikning oila a’zolariga nisbatan sodir etilgan irqchilik harakatlarini qoralaydi.

Raqib jamoa liboslarini kiygan muxlislar namoyishlari, xususan, Endrikning otasi Duglas Ramosga qarshi qaratilgan edi. Ular maymunlarga taqlid qilib imo-ishoralar qilishdi.

Ushbu epizoddan xabardor bo‘lishi bilan Braziliya terma jamoasining Venesuyeladagi delegasiyasi rahbari Daniyel Vaskonselos CBF prezidenti Ednaldo Rodriges nomidan futbolchi va uning oilasi bilan birdamligini bildirdi», – deya xabar beradi Braziliya Futbol Konfederasiyasi (CBF) bayonotida.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Braziliya U-23 terma jamoasi uch ochkoga ega bo‘ldi. Jamoa yakuniy guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Paragvay ikki o‘yindan keyin to‘rt ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter