Sissoko: «Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini istardim»

«PSJ»ning sobiq himoyachisi Muhammad Sissoko argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi yana «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda.

«Messi yana bir «Oltin to‘p» yutishiga ishonaman. Men Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini istardim, lekin to‘g‘risini aytsam, Messi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Bu vaziyatda bu juda muhim. Mbappe «Oltin to‘p» qachondir oladi», – dedi Sissoko.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-oktyabr kuni jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter