Germaniya terma jamoasida yo‘qotish bor
Germaniya terma jamoasida yo‘qotish bor – Yan-Niklas Beste payshanba kuni mashg‘ulotlarda qo‘shimcha mushaklarini shikastlab oldi.
25 yoshli futbolchi Bundestim lagerini tark etib, o‘zining “Xaydenxaym” klubiga yo‘l oldi. Beste chap qanotda himoyadan tortib qanot himoya pozisiyasigacha o‘ynashga qodir.
Joriy mavsumda futbolchi 24 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/