Iroq terma jamoasi ichida mojaro yuzaga keldi

Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Xesus Kasas va futbolchilar Danilo al Said hamda Montader Majid o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Futbolchilar Indoneziya va Yaponiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushirilmagani bois, terma jamoa lagerini tark etishlarini aytishgan. Iroq futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Yunus Mahmudning ma’lum qilishicha, murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi nizo bartaraf etilgan, ammo shvesiyalik Danilo al Said baribir terma jamoa lagerini tark etgan.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyat iroqlik ommaviy axborot vositalarining futbolchilarga bosim o‘tkazishi natijasida ro‘y bergan. «Agar ba’zi muxlislar murabbiylik qilishni xohlayotgan bo‘lsa, marhamat», deb ta’kidlagan Kasas.

Iroq terma jamoasi Osiyo kubogini ko‘lga kiritgan 2007 yilgi turnir davomida ham iroqlik futbolchilar orasida kamida 3 marta mushtlashuv sodir bo‘lgan. Shulardan biri tanaffus payti kiyim almashtirish xonasida yuz bergan.

 

Manba: @SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter