«Yuventus» lagerida yana yo‘qotish
«Yuventus» lageridagi yo‘qotishlar – hujumchi Federiko Kyeza muntazam mashg‘ulot paytida mushaklarini shikastlab oldi va endi uning «Torino»ga qarshi shanbadagi derbida ishtirok etishi so‘roq ostida.
Uning jamoadagi o‘rni katta ehtimol bilan Arkadiush Milikka nasib etadi, deb xabar beradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichning ham o‘yini so‘roq ostida. Italiya chempionatining yetti turidan so‘ng «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, jamoa o‘n to‘rt ochko jamg‘argan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/