«Manchester Yunayted» Braziliya terma jamoasi futbolchisiga ko‘z tikdi

«Manchester Yunayted» yozgi transfer bozorida tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. TodoFichajes xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Vest Xem» yarim himoyachisi Lukas Paketani tarkibga jalb qilmoqchi.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» Paketa bo‘yicha kelishuvga ikki futbolchi Xarri Maguayr va Skott Maktomineyni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli braziliyalik futbolchini 65 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter