«MYU» braziliyalik futbolchiga ko‘z tikkan
«Manchester Yunayted» yozgi transfer bozorida tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Todofichajes xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Vest Xem» yarim himoyachisi Lukas Paketani maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» Paketa bo‘yicha kelishuvga ikki futbolchi – Xarri Maguayr va Skott Maktomineyni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukas Paketani «Manchester Siti» bilan bog‘lagan mish-mishlar tarqalgan edi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli braziliyalik futbolchini 65 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/