Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2029ni O‘zbekistonda o‘tkazish tavsiya etildi

Toshkentda Osiyo fubol konfederasiyasining Ayollar futbolchi qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026 va 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi aniqlandi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, 2026 yilgi turnir mezbonligi Avstraliya sifatida tasdiqlangan bo‘lsa, 2029 yilgi musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazish tavsiya etildi. Mamlakatimiz ushbu turnir mezbonligi uchun yagona da’vogar sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi.

Ushbu qaror OFK Ijroqo‘mi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Manba: the-afc.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter