Klopp: «Sardorlik hissi Virjilga yordam berdi»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Virjil van Deykning o‘yinlari haqida gapirdi.

«Van Deyk shuncha yil davomida yuqori saviyada o‘ynaganiga qaramay, oldinga yana bir qadam tashlay oldi.

U juda katta ambisiyali futbolchi va klub bilan ko‘p yutuqlarga erishmoqchi.

Ha, sardorlik hissi Virjilga yordam berdi.

U bu rolni juda yaxshi ijro etadi.

O‘ylaymanki, bizning barcha yetakchilar guruhi faollashdi va yaxshilandi. Aynan shu narsaga umid qilgandim», dedi Klopp matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter