Van Deyk kasalligi tufayli «Liverpul»ning «Tuluza»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Virjil van Deykning holati haqida gapirdi. Futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Yevropa ligasi doirasida «Tuluza»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

“U biroz kasal edi. Bu jiddiy narsa emas. Biz uning uyda qolgani ma’qul deb qaror qildik. Dam olish kunlarigacha u yaxshi bo‘lishi kerak», – deya Klopp so‘zlarini keltirmoqda ingliz OAVlari.

«Tuluza» – «Liverpul» uchrashuvi 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter