Reshford «PSJ»ga o‘tishni istamayapti
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Fransiyaga o‘tishni istamayapti. «PSJ»ni turli manbalar «Manchester Yunayted»dagi kelajagi so‘roq ostida turgan angliyalik futbolchiga asosiy da’vogar deb atamoqda.
Ayni paytda 26 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi masalasiga oydinlik kiritilishini kutmoqda.
«Yunayted» rahbari Jim Retkliff mavsum oxirida Erik ten Xagni boshqa mutaxassisga almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/