Ten Xag Reshford va Xyoylundni himoya qildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘zining hujumchilari Markus Reshford va Rasmus Xyoylundni himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, daniyalik hujumchi Angliya Premyer-ligasida hali bitta ham gol ura olmagan. Rasmuks yozda «Atalanta»dan «Old Trafford»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.

«Men Reshford va Xyyolund ko‘p gol urishiga ishonaman. Markus buni o‘tgan mavsumda mening rahbarligim ostida isbotlab berdi. Ishonchim komilki, u o‘zining eng yaxshi formasiga qaytadi», – dedi ten Xag matbuot anjumanida.

Reshford bu mavsumda APLda atigi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter