«Leypsig» himoyachisi: «Hakamlarga jur’at yetishmayotgani achinarli»

«RB Leypsig» himoyachisi Villi Orban UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida «Real» hujumchisi Vinisius Junior bilan to‘qnash kelgan vaziyat haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi «buqalar» futbolchisini ikki qo‘li bilan bo‘ynidan turtib yubordi.

“Hakamlarning bunday yulduzlarni chetlatishga jur’ati yetmayotgani achinarli. Vinisiusga qizil kartochka ko‘rsatilishi mumkin edi. Ikki qo‘li bilan bo‘ynimdan turtib yubordi. Bu hurmatsizlik», – dedi futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter