Gvardiola: «Har doim tashvish bo‘ladi»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Kopengagen» ustidan mehmonda (3:1) g‘alaba qozonganidan so‘ng, jamoaning xotirjamligidan xavotirdami, degan savolga javob berdi.
Jamoalar javob o‘yinini chorshanba kuni o‘tkazishadi.
“Har doim tashvish bo‘ladi.
Birinchi o‘yinda 7:0 hisobida g‘alaba qozonishimizni istagandim, lekin Chempionlar ligasida bunday bo‘lmaydi, ayniqsa mehmonda.
Oldinga o‘ynashimiz kerak. Qizil kartochka olishimiz yoki xato qilishimiz mumkin. «RB Leypsig» bilan o‘yinni eslang.
Xatolar va biz birinchi bo‘limda o‘z uyimizda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandik. Futbolda tafsilotlar muhim.
Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Chempionlar ligasida imkon qadar yaxshi o‘ynashing kerak, aks holda hamma narsa bo‘lishi mumkin», – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/