Gvardiola Fergyusonni quvib o‘tdi, oldinda Anchelotti

Pep Gvardiola Chempionlar ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi.

Kecha «Manchester Siti» Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida «RB Leypsig»ni mag‘lub etdi (3:1).

Ushbu o‘yindan so‘ng, avvalroq «Barselona» va «Bavariya» bilan ishlagan Pep Gvardiola Chempionlar ligasi o‘yinlaridagi g‘alabalari sonini 103taga yetkazdi va Aleks Fergyusonni (190ta o‘yinda 102ta g‘alaba) ortda qoldirdi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Gvardiolaga 161 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Chempionlar ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha peshqadam – “Real” ustozi Karlo Anchelotti – 109 ta (193 ta o‘yinda).

Shuningdek, kuchli beshlikdan Arsen Venger (178 uchrashuvda 82 g‘alaba) va Joze Mourinyo (145 uchrashuvda 77 g‘alaba) joy olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter