«Barselona» Gvardiolani ham tabrikladi

«Barselona» «Manchester Siti» bosh murabbiyi, avvalroq Kataloniya klubini boshqargan Pep Gvardiolani FIFAning 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi nominaSiyasida g‘olib chiqqani bilan tabrikladi.

«Tabriklaymiz, Pep!» – deb post qoldirdi «Barselona» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha «Barselona» asosiy jamoasini boshqargan. Bu davrda “ko‘k-anorranglilar” ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchdi, uch marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, ikki marta Ispaniya kubogi, uch marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Yevropa Superkubogida zafar quchdi.

O‘tgan yili “Manchester Siti” Gvardiola boshchiligida beshta sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar ligasi, Angliya chempionati, Angliya kubogi, Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter