Allegri: «Futbolchi Pogbadek ajoyib futbolchini yo‘qotdi»
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Pol Pogbaning diskvalifikasiyasi haqidagi xabarga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik yarim himoyachi doping tufayli 4 yilga diskvalifikasiya qilingan edi.
«Pogbaning diskvalifikasiyasi? Men unga xabar yubordim. Men juda afsusdaman, futbol favqulodda futbolchisini yo‘qotdi. Bunday saviyadagi futbolchini topish qiyin. Men hukmga izoh bera olmayman, chunki bu borada tegishli organlar bor», — dedi Allegri matbuot anjumanida.
Avvalroq, «Yuventus» Pogba bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara boshlagani ma’lum bo‘lgandi. Pol 2022 yilning yozida erkin agent sifatida turinliklar jamoasiga qaytdi, ammo turli jarohatlar tufayli bir necha o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/