Allegri: «Alkarasning o‘yinidan juda qoyil qoldim»

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Sautgempton»dan ijaraga olingan yarim himoyachi Karlos Alkarasning o‘yiniga yuqori baho berdi.

“Alkarasning o‘yinidan juda qoyil qoldim. Karlos «Frozinone»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadimi? Hozircha bilmayman, qaror qabul qilishim kerak», – dedi Allegri o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” mavsum yakunida Alkarasni sotib olishga haqli emas. 21 yoshli yarim himoyachi mavsumning birinchi yarmini chempionshipda o‘tkazdi. U yerda uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter