Kalsona «Napoli» murabbiyiga aylanadiganga o‘xshaydi
Hammasi Franchesko Kalsonaning «Napoli» murabbiylik ko‘prigida Valter Massarri o‘rnini egallashi tomon ketmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Slovakiya futbol federasiyasi mutaxassisning Slovakiya terma jamoasi boshqaruvidagi faoliyati bilan bir qatorda A Seriya klubida ham ishlashi uchun ruxsat berdi.
Kombinasiya kamida iyungacha mumkin bo‘ladi. Yozda Slovakiya terma jamoasi Yevropa chempionatida ishtirok etadi.
Ayni damda “Napoli” Italiya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/