«MYU» o‘z futbolchisidan qutulmoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasi tarkibini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, klub Antonining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayapti. «Qizil iblislar» braziliyalikdan qutulishi mumkin.

«Manchester Yunayted» nishonida yana bir qancha qanot himoyachilari bor, jumladan «Kristal Pelas» futbolchisi Maykl Olise.

2023/2024 yilgi mavsumda 23 yoshli Antoni «Manchester Yunayted»ning turli musobaqalarda 25 ta o‘yinida qatnashdi. Ularda braziliyalik bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Manchester Yunayted» bugun APL doirasida «Luton Taun»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter