«Manchester Yunayted» Varan bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, sababi ma’lum

«Manchester Yunayted» himoyachi Rafael Varan bilan shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmadi.

Bu variantni 1-yanvargacha amalga oshirish mumkin, biroq “qizil iblislar” bu variantdan bosh tortishdi, deb yozadi Daily Mail.

Manbaning ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted»ning qarori masalaning moliyaviy qismi bilan bog‘liq.

Agar uzaytirish sharti faollashtirilganida, Varanning maoshi bir xil darajada qolardi va haftasiga 340 000 funt sterlingni tashkil qilgan bo‘lardi.

«Qizil iblislar» 30 yoshli fransuzning tez-tez jarohat olishini hisobga olsak, buni juda ko‘p summa, deb hisoblamoqda.

«Mankunianliklar» Varan bilan maoshi pastroq bo‘lgan yangi aloqa haqida muzokara boshlashni rejalashtirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter