UFC 298. Volkanovski Topuriyaga, Uittaker esa Kostaga qarshi jang qiladi

AQSHning Kaliforniya shtatida Toshkent vaqti bilan 18 fevral tongida UFC 298 turniri bo‘lib o‘tadi.

Asosiy jang yarim yengil vazn toifasi vakillari Aleksandr Volkanovski va Iliya Topuriya o‘rtasida kechadi.

Shuningdek, Robert Uittaker Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Asosiy kard janglari:

Aleks Volkanovski (26-3) — Iliya Topuriya (14-0);
Robert Uittaker (24-7) — Paulo Kosta (14-2);
Jeff Nil (15-5) — Ien Gerri (13-0);
Merab Dvalishvili (16-4) — Genri Sexudo (16-3);
Entoni Ernandes (11-2) — Roman Kopilov (12-2).

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 04:30 da start oladi. Asosiy kard janglari 08:00 dan boshlanadi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter