«Bayer» «Bavariya»ga qarshi noxush seriyasini yo‘qqa chiqardi

«Bayer» Germaniya chempionatida «Bavariya» bilan o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz seriyasini to‘xtatdi.

Bundesliganing 21-turida Xabi shogirdlari “Bavariya”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Bu natija bilan “Bayer” bir mavsumda “Bavariya”ni mavsumning ikki bahsida ham yutishni uddaladi, bu esa 14 yillik noxush seriyaning buzilganini bildiradi.

Birinchi davrada “farmasevtlar” “Bavariya” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.

Faqat 2009/10 yilgi mavsumda «Bayer» «qizillar» bilan birinchi va ikkinchi davrada durang o‘ynagandi (1:1).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter