«Bayer» 30 o‘yindan beri yutqazmayapti. 3 kundan keyin «Bavariya»ga qarshi o‘yin bor

«Bayer» joriy mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning birortasida mag‘lub bo‘lmadi.

Xabi Alonso kecha oshqom Germaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Leverkuzenliklar mazkur o‘yinda 0:1 va 1:2 hisoblarida ortda borib, yakunda g‘alabani ilib ketishdi.

«Bayer» Bundesliganing joriy mavsumida 16 g‘alaba va 4 durang, Germaniya kubogida 4 g‘alaba hamda Yevropa ligasida 6 g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Klub 10 fevral kuni Bundesliga doirasida o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter