Myuller: «Ba’zida futbolchilar haqida gapirishga to‘g‘ri keladi, gap faqat murabbiyda emas»
«Bavariya» yarim himoyachisi Tomas Myuller Germaniya chempionatining 21-turida «Bayer»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.
«Bizga jasorat yetishmayapti. Bu yerda men Oliver Kandan iqtibos keltirishim kerak: «Biz o‘z fikrlarimizga juda berilib ketganmiz, bizda erkinlik yo‘q».
Bu bizning o‘yinimizda yetishmayapti. Ba’zida futbolchilar haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Gap faqat murabbiy haqida emas», – deya Myullerning so‘zlarini keltiradi SkyDE.
21 turdan keyin “Bavariya” 50 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Tomas Tuxel shogirdlari bilan peshqadam “Bayer” o‘rtasidagi farq endi besh ochkoga yetdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/