Myuller va «Bavariya» shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi
Tomas Myuller «Bavariya»dagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Kelishuvga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi 2025 yilga qadar Myunxenda qoladi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar tarqatdi.
Tomonlar shartnoma imzo chekkanidan keyin bu haqda rasmiy ma’lumot tarqatiladi.
Myuller «Bavariya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Manba: sports.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/