Myuller muxlislarini 100 xil tilda tabrikladi
«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller barcha muxlislarni 100 xil tilda Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi.
Hujumchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida tabriklar videosini joylashtirdi. U post ostida «Rojdestvo bayrami bilan» deb yozdi va bu iborani dunyoning 100 xil tiliga tarjima qildi.
34 yoshli Myuller «Bavariya»da 2009 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u nemis klubi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/